Skip to main content

Mahsulotlar bo‘yicha sotuv

Mahsulotlar bo‘yicha sotuv

Mahsulotlar bo‘yicha sotuv hisobotida tanlangan davr uchun nechta mahsulot va qanday summaga sotilganini ko‘rishingiz mumkin.

Siz quyidagilarni bajarishingiz mumkin:

  • Ma’lum bir davr bo‘yicha savdoni tahlil qilish
  • Bir nechta davr ko‘rsatkichlarini taqqoslash
  • Ko‘rsatiladigan ustunlarni sozlash
  • Hisobotni Excel yoki PDF formatida eksport qilish

Hisobotni qanday ochish kerak

  1. Chap paneldagi Hisobotlar bo‘limini oching.
  2. Savdo hisobotlari ustunida Mahsulotlar bo‘yicha sotuv ni tanlang.

Tanlangan davr bo‘yicha ma’lumotlar sahifada ochiladi.


Mavjud ustunlar

Hisobotda quyidagi ustunlarni ko'rish mumkin:

  • Mahsulot
  • Artikul
  • Davrlar
  • Kategoriya
  • Guruh

Tahlil vazifasiga qarab kerakli ustunlarni sozlashingiz mumkin.

Ma’lumot

Kerakli ustunlarni sozlang va hisobotni keyingi ishlov uchun Excel yoki PDF formatida yukab oling.


Davrlar bo‘yicha sotuvni solishtirish

Siz mahsulotlar sotuvining miqdori va summasini turli davrlar bo‘yicha solishtirishingiz mumkin.

  1. Mahsulotlar bo‘yicha sotuv hisobotini oching.
  2. Sahifaning yuqori qismida Solishtirish tugmasini bosing.
  3. Solishtirish parametrlarini tanlang:
    • O‘tgan yillar yoki davrlar bilan solishtirish
      Davr sana filtri orqali belgilanadi
    • Solishtiranadigan davrlar soni
  4. OK tugmasini bosing.

Tizim tanlangan barcha davrlar bo‘yicha ma’lumotlarni bitta hisobotda ko‘rsatadi.


Maslahat

Ma’lumotlarni kategoriya yoki mahsulot guruhlari bo‘yicha birlashtirish uchun guruhlashdan foydalaning.
Kerakli pozitsiyalarni tez topish uchun filtrlardan foydalaning.