Skip to main content

Mijozlar bilan aylanmalar

Mijozlar bilan aylanmalar hisoboti tanlangan davr uchun mijozning boshlang‘ich va yakuniy balansini, shuningdek mijozga berilgan va mijozdan olingan mablag‘lar yoki mahsulotlar summasini ko‘rsatadi.

Hisobotdan quyidagi maqsadlarda foydalanishingiz mumkin:

  • Mijozlarning qarzdorligini nazorat qilish
  • O‘zaro hisob-kitoblarni tahlil qilish
  • Mablag‘lar va mahsulotlar harakatini tekshirish
  • Davr davomida balans o‘zgarishini taqqoslash

Hisobotni qanday ochish mumkin

  1. Chap panelda Hisobotlar bo‘limini oching.
  2. Moliyaviy hisobotlar ustunida Mijozlar bilan aylanmalar ni tanlang.

Tanlangan davr bo‘yicha ma’lumotlar bilan hisobot sahifasi ochiladi.

Mavjud ustunlar

Hisobotda quyidagi ustunlarni ko‘rish mumkin:

  • Mijoz nomi — mijoz nomi
  • Hudud — mijoz xizmat ko‘rsatiladigan hudud yoki zona
  • Davr boshidagi balans — Mijozning boshlang'ich balansi
  • Berilgan — mijozga berilgan mablag‘lar yoki mahsulotlar summasi
  • Olingan — mijozdan qabul qilingan mablag‘lar yoki mahsulotlar summasi
  • Davt yakunidagi balans — yakuniy mijoz balansi
  • Mijoz kategoriyasi — mijoz tegishli bo‘lgan kategoriya