Skip to main content

Foyda va zarar

Foyda va zarar (P&L) hisoboti biznes samaradorligini baholash uchun ishlatiladi.
U kompaniya tanlangan davrda qancha daromad olganini, qancha xarajat qilganini va yakunda qanday moliyaviy natija olganini ko‘rsatadi.

Hisobot yordamida siz:

  • Kompaniya daromadlarini tahlil qilishingiz
  • Xarajatlarni nazorat qilishingiz
  • Biznes rentabelligini baholashingiz
  • Boshqaruv qarorlarini qabul qilishingiz mumkin

Hisobot uchta asosiy qismdan iborat: daromad, davr harajatlari va sof foyda.

Hisobotni qanday ochish​

  1. Chap panelda Hisobotlar bo‘limini oching.
  2. Moliyaviy hisobotlar ustunida Foyda va zarar ni tanlang.

Tanlangan davr bo‘yicha ma’lumotlar bilan hisobot sahifasi ochiladi.


Hisobotda mavjud qiymatlar​

Daromad​

Daromad — bu kompaniyaning mahsulotlar savdosi va boshqa operatsiyalardan olgan barcha daromadlari.

Hisobotda quyidagi ko‘rsatkichlar hisobga olinadi:

  • Sotuvlar — mijozlarga sotilgan mahsulotlarning umumiy summasi.

  • Qaytishlar — mijozlar tomonidan qaytarilgan mahsulotlar summasi.
    Qaytishlar umumiy daromadni kamaytiradi.

  • Ombor qoldiqlari korektirovkasi (daromad) — korrektirovka yoki inventarizatsiya natijasida ombor qiymatining oshishi.

  • Boshqa korxonalarga sotuvlar — tizim ichida korxonalar o‘rtasida amalga oshirilgan savdolardan olingan daromad.

  • Sof sotuvlar — qaytishlar ayirilgandan keyingi yakuniy sotuv summasi.

Tannarx​

Tannarx — bu sotilgan mahsulotlarning qiymati.
U kompaniya mahsulotlarni xarid qilish yoki ishlab chiqarish uchun qancha mablag‘ sarflaganini ko‘rsatadi.

Yalpi foyda​

Yalpi foyda — sof sotuvlar va sotilgan mahsulotlar tannarxi o‘rtasidagi farq.

Formula:

Yalpi foyda = Sof sotuvlar − Sotilgan mahsulotlar tannarxi

Bu ko‘rsatkich kompaniyaning asosiy faoliyati qanchalik foydali ekanini ko‘rsatadi.


Davr harajatlari​

Davr harajatlari — biznes yuritish bilan bog‘liq xarajatlardir.

Hisobotda quyidagi xarajat kategoriyalari ko‘rsatilishi mumkin:

  • Boshqa chiqimlar — tizimga qo‘shilgan kategoriyalar bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlar.

  • Ish haqi — kompaniya xodimlariga to‘langan ish haqi.

  • Ombor qoldiqlari korrektirovkasi (yo'qotish) — yo‘qotish, buzilish yoki inventarizatsiya sababli mahsulot qiymatining kamayishi.

  • Foydalanilgan keshbek — mijozlar mahsulotlar uchun to‘lov paytida ishlatgan keshbek summasi.

Jami davr harajatlari​

Bu tanlangan davr uchun kompaniyaning barcha xarajatlarining umumiy summasi.


Sof foyda​

Sof foyda — barcha xarajatlar ayirilgandan keyingi biznesning yakuniy moliyaviy natijasi.

Formula:

Sof foyda = Yalpi foyda − Davr harajatlari

  • Musbat qiymat kompaniya foyda olganini bildiradi.
  • Manfiy qiymat tanlangan davrda zarar ko‘rilganini bildiradi.