Skip to main content

Texnologiya andazasi bo‘yicha yig‘ish

Ishni boshlashdan oldin

Quyidagilarga ishonch hosil qiling:

  • Texnologiya andazasi yaratilgan — masalan, M150 quruq qurilish aralashmasi;
  • Texnologiya andazasidagi barcha materiallar omborda mavjud.

Texnologiya andazasi bo‘yicha yig‘ishni qanday yaratish mumkin

  1. Fabrika → Yig‘ishlar bo‘limini oching.
  2. Yig‘ish tugmasini bosing.
  3. Texnologiya andazasi maydonida keraklisini tanlang — masalan, M150 quruq qurilish aralashmasi.

Texnologiya andazasi tanlangandan so‘ng tizim tarkibni avtomatik to‘ldiradi: xom ahyo, me’yorlar va tayyor mahsulot.

  1. Ishlab chiqarish hajmini ko‘rsating.

  2. Omborlarni tanlang:

    • Tayyor mahsulot ombori
    • Xom ahyo ombori
  3. Ma’lumotlarni tekshiring:

    • Tayyor mahsulot blokida — nomi, miqdori, tannarx ulushi
    • Xom ahyo blokida — materiallar va sarf me’yorlari
  4. Saqlash tugmasini bosing.


Muhim

Tayyor mahsulot blokida miqdorni qo‘lda o‘zgartirmang.

Aks holda:

  • xom ahyo noto‘g‘ri hisobdan chiqariladi;
  • tannarx past hisoblanadi;
  • hisobotlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatiladi.

Natija

Tizim yig‘ish hujjatini yaratadi:

  • materiallarni xom ahyo omboridan hisobdan chiqaradi;
  • tayyor mahsulotni tanlangan omborga kirim qiladi;
  • tannarxni Texnologiya andazasi asosida hisoblaydi.

Ishlab chiqarish hajmi: mahsulot miqdorini qanday o‘zgartirish mumkin

Ishlab chiqarish hajmi maydoni Texnologiya andazasi bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish hajmini necha marta oshirish yoki kamaytirishni belgilaydi.

Tizim avtomatik ravishda:

  • tayyor mahsulot miqdorini qayta hisoblaydi;
  • xom ahyo sarfini mos ravishda o‘zgartiradi;
  • tannarxni proporsional ravishda hisoblaydi.

Masalan, agar Texnologiya andazasida 1 to‘plam ko‘rsatilgan bo‘lsa va siz Ishlab chiqarish hajmi = 2 deb kiritsangiz,
tizim 2 ta to‘plam yaratadi va 2 baravar ko‘p material hisobdan chiqaradi.

Hajmni to‘g‘ri o‘zgartirish tartibi

  1. Fabrika → Yig‘ishlar bo‘limini oching.
  2. Texnologiya andazasini tanlang.
  3. Ishlab chiqarish hajmi maydoniga kerakli qiymatni kiriting.
  4. Tayyor mahsulot va Xom ahyo bloklaridagi ma’lumotlar avtomatik qayta hisoblanganini tekshiring.
  5. Saqlash tugmasini bosing.