Skip to main content

Bir-biriga bogliq narxlarni ishlatish

Ushbu funksiya boshqa prays list asosida mahsulot narxlari avtomatik hisoblanadigan narxlar ro‘yxatlarini yaratish imkonini beradi.

Prays listni yaratish yoki tahrirlashda narx belgilash usulini tanlash mumkin bo‘ladi:

  • Qo'lda kiritiladi;
  • Boshqa narxga asosida.

Bu yangi prays listlarni ustama, chegirma, valyuta konvertatsiyasi va yaxlitlash orqali tez shakllantirishga yordam beradi.


Funksiya qachon foydali

Bir biriga bog‘liq prays listlardan foydalanish quyidagilarga yordam beradi:

  • turli savdo kanallari uchun narxlarni avtomatik hisoblash;
  • asosiy prays list asosida ulgurji va chakana narxlarni yaratish;
  • xarid narxi o‘zgarganda narxlarni tez yangilash;
  • qo‘lda kiritishdagi xatolarni kamaytirish;
  • turli valyutalarda narxlar hisobini yuritish.

Bu ayniqsa quyidagi holatlarda foydali, agar kompaniya:

  • bir nechta narx darajalaridan foydalansa (masalan: chakana, ulgurji, dilerlar);
  • xorijiy valyuta bilan ishlasa;
  • narxlarni tez-tez yangilab tursa;
  • mobil ilova yoki POS tizimi orqali savdo qilsa.

Funksiyani qanday yoqish mumkin

  1. Chap panelda Sozlamalar bo‘limiga o‘ting.
  2. Sozlamalarda Korxona Sozlamalari bo‘limini oching.
  3. Funksional bo‘limiga o‘ting.
  4. Bir-biriga bogliq narxlarni ishlatish parametrini toping va o‘ng tomondagi qalam belgisini bosing.
  5. Ha variantini tanlang.
  6. O‘zgarishlarni saqlash uchun ko‘k belgi (✓) tugmasini bosing.

Bog‘liq narxlarni qanday yaratish mumkin

  1. Mahsulotlar → Prays listlar bo‘limiga o‘ting.
  2. O‘ng yuqori burchakdagi plyus tugmasini bosing.
  3. Prays list nomini kiriting.
  4. U qayerda ishlatilishini tanlang — Sotuvlarda yoki xaridlarda.
  5. Narx belgilash usuli maydonida «Boshqa narxga asosida variantini tanlang.
  6. Asos narx maydonida narxlar hisoblanadigan asos prays listni tanlang.
  7. Ustama maydonida usulni (ustama yoki chegirma) tanlang va foizni kiriting.
  8. Zarurat bo‘lsa, qo‘shimcha parametrlarni to‘ldiring:
    • Narx valyutasi — narxlarni avtomatik ravishda boshqa valyutaga o‘tkazish uchun;
    • Yaxlitlash — narxlarni yaxlitlash qoidasini belgilash uchun.
  9. Zarurat bo‘lsa, narxlari hisoblanishi kerak bo‘lgan aniq mahsulotlarni tanlang.
  10. Saqlash tugmasini bosing.

Tavsiya

Agar mahsulot narxlari turli valyutalarda ko‘rsatilgan bo‘lsa, bog‘liq prays listda «Narx valyutasi» parametridan foydalaning.

Bu ayniqsa mobil ilova orqali savdo yoki xarid qilishda qulay, chunki narxlarni yagona valyutada shakllantirish imkonini beradi.


Ma’lumot

Agar bog‘liq prays listni yaratishda faqat mahsulotlarning bir qismi tanlansa, narxlar faqat tanlangan pozitsiyalar uchun hisoblanadi.

Qolgan mahsulotlar uchun ushbu prays listdagi narxlar bo‘sh bo‘lib qoladi.