Skip to main content

Korxonalar

Korxona nima​

Korxona — bu tizimga qo‘shilgan mustaqil bo‘linma bo‘lib, faoliyat sohasi yoki boshqa belgilarga ko‘ra boshqa korxonalar bilan bog‘lanadi.

Har bir korxonada quyidagilar mavjud:

  • alohida omborlar;
  • alohida kassalar;
  • alohida xodimlar.

Har bir korxonadagi amallar va hisobotlar alohida yuritiladi.
Shu bilan birga, korxonalar mahsulot jo‘natish, to‘lovlar va buyurtmalar orqali o‘zaro ishlashlari mumkin.


Korxonalardan qanday foydalanish​

Korxonalarni maqsadlaringizga qarab ishlatishingiz mumkin:

  • Filial sifatida — agar har bir savdo nuqtasi bo‘yicha foyda va zararlarni alohida ko‘rmoqchi bo‘lsangiz.
  • Mustaqil muassasa sifatida — agar hamkorlar bilan ishlash va umumiy tizimdan foydalanishni xohlasangiz.

Korxona qo‘shish​

  1. Yuqori panelning o‘ng qismidagi joriy korxona nomiga bosing.
  2. Ochilgan ro‘yxatda Boshqarish tugmasini bosing.
  3. Yangi oynada o‘ng yuqori burchakdagi + Korxona tugmasini bosing.
  4. Korxona ma’lumotlarini kiriting:
    • nomi
    • panel rangi
    • kerak bo‘lsa, aloqa raqamlari, rekvizitlar, manzil va boshqa ma’lumotlar
  5. Saqlash tugmasini bosing

Korxonaga o‘tganingizdan so‘ng chap panelda yangi modul Korxonalar paydo bo‘ladi.


Korxona balanslarini ko‘rish​

Boshqa korxonalar bilan bo‘lgan amallar kontragentlar bilan amallar prinsipiga muvofiq hisoblanadi.
Bu korxonalar o‘rtasidagi qarzdorlik va balanslarga ta’sir qiladi.

Boshqa korxonalar balansini ko‘rish uchun:

  1. Korxonalar → Korxonalar bo‘limiga o‘ting
  • Qizil rangda «–» belgisi bilan ko‘rsatilgan korxonalar sizga qarzdor.
  • Yashil rangda «+» belgisi bilan ko‘rsatilgan korxonalar siz ularga qarzdor.

Boshqa korxonalar bilan oldi-berdi hisobot​

Oldi-berdi hisobotni ko‘rish uchun:

  1. Korxonalar → Korxonalar bo‘limiga o‘ting
  2. Kerakli korxona nomiga bosing
  3. Chap panelda Oldi-berdi hisobotni tanlang