Skip to main content

Standart sozlamalar

Har bir hujjatni yaratishda bir xil ma’lumotlarni qayta kiritmaslik uchun standart sozlamalar belgilashingiz mumkin.

Shunda kerakli maydonlar avtomatik to‘ldiriladi. Zarur bo‘lsa, ularni qo‘lda o‘zgartirishingiz mumkin.

Standart sozlamalarni sozlash

  1. Yon panelning pastki qismida Sozlamalar ni bosing
  2. Sozlamalar bo‘limida Korxona sozlamalari ni bosing
  3. Standart sozlamalar bandini oching
  4. Kerakli qiymat yonidagi qalamcha belgisini bosing
  5. Kerakli qiymatni kiriting
  6. Amalni tasdiqlash uchun ko‘k belgi ni bosing
    yoki bekor qilish uchun qizil xoch ni bosing

Qanday standart sozlamalarni belgilash mumkin

  • Asosiy valyuta — hujjatlarda ko‘p ishlatiladigan valyuta
  • Asosiy ombor — xarid va sotuvlar uchun asosiy ombor
  • Asosiy kassa — mijozlardan to‘lov qabul qilish uchun kassa
  • Asosiy prays list — asosiy sotuvlar uchun narxlar ro‘yxati
  • Korxonalararo sotuv narxi — boshqa korxonalarga sotuvlar uchun narxlar ro‘yxati
  • Asosiy xarid narxi — xaridlarda ko‘p ishlatiladigan narxlar ro‘yxati
  • Asosiy o'lchov birligi — mahsulotning asosiy o‘lchov birligi
  • Buyurtmani rezerv qilish — buyurtma yaratilganda mahsulotlarni zaxiralash
  • Oldi-berdi hisobot shakli — Oldi-berdi hisobotni ko‘rsatish formati
    (hujjatlar, mahsulotlar yoki sanalar bo‘yicha)
  • Asosiy chegirma rejimi — chegirmani summa yoki foizda belgilash
  • Asosiy chegirma yo‘nalishi — chegirma yoki ustama qo‘llash
  • Ro'yxatlardagi asosiy sana — avtomatik qo‘llaniladigan sana filtri
  • Hujjatlar asosiy statuslari — yangi hujjatlar yaratiladigan status
  • Nasiya muddati — qarzga sotuvdan keyingi to‘lov muddati
  • Standart yetib kelish vaqti — tovarni omborga yetkazishning o‘rtacha vaqti
  • Asosiy telefon raqam prefiksi — kontragent kontaktlari uchun mamlakat kodi
  • Savdo buyurtmasining minimal va maksimal summasi — buyurtma summasi cheklovi
  • Xarita — manzillarni ko‘rish uchun xarita xizmati
    (Yandex, Google yoki 2GIS)
  • Asosiy shtrix-kod turi — tovar yaratishda ishlatiladigan shtrixkod turi