Skip to main content

Buyurtmalar uchun Telegram-bot

Telegram-bot nima uchun kerak

Telegram-bot orqali mijozlar quyidagilarni amalga oshira oladi:

  • buyurtma berish;
  • balans, keshbek balansi va oldi-berdi hisobotini ko‘rish;
  • qarzdorlik bo‘yicha xabarnomalar olish;
  • o‘z nomiga yaratilgan yangi hujjatlar haqida xabar olish.

Buyurtmalar uchun Telegram-botni ulash

Avval Telegram’da bot yaratish kerak:

  1. Telegram ilovasida @BotFather ni toping.
  2. Mini-ilovani oching.
  3. Yangi bot yaratish tugmasini bosing.
  4. Ma’lumotlarni to‘ldiring:
    • bot nomi;
    • tavsif;
    • oxiri bot bilan tugaydigan username;
    • rasm qo‘shing.
  5. Yaratish tugmasini bosing.
  6. Bot tokenini nusxalab oling.

Endi iBox tizimida:

  1. Chap paneldan Sozlamalarni bosing.
  2. Sozlamalarda Telegram-bot bo‘limiga o‘ting.
  3. Mijozlar uchun bot oynachasini oching.
  4. Nusxalangan tokenni Telegram bot tokeni maydoniga joylashtiring.
  5. Keyingi tugmasini bosing.
  6. Botdan kimlar foydalanishini tanlang:
    • Barcha — yangi foydalanuvchilar bot orqali ro‘yxatdan o‘ta oladi;
    • Faqat tizimda mavjud mijozlar — faqat Telegram raqami tizimga kirg'izilgan mijozlar;
    • Tanlangan mijozlar — faqat belgilangan mijozlar guruhi.
  7. Buyurtmalar sozlamalari bo‘limini oching.
  8. Yoqish belgisini faollashtiring.
  9. Asosiy prays-list va omborni tanlang.
  10. Saqlash tugmasini bosing.

Xabarnomalarni sozlash

Mijoz qaysi xabarnomalarni olishini belgilashingiz mumkin:

  • yangi hujjatlar haqida
  • mijoz balansi bo‘yicha to‘lov kuni haqqida
  • sotuvlar bo‘yicha to‘lov kuni haqqida

Sozlash tartibi:

  1. Chap paneldan Sozlamalarni bosing.
  2. Sozlamalarda Telegram-bot bo‘limiga o‘ting.
  3. Mijozlar uchun bot oynachasini oching.
  4. Xabarnomalar bo‘limiga o‘ting.
  5. Kerakli oynachani oching.
  6. Zarur maydonlarni belgilang.
  7. Saqlash tugmasini bosing.