Skip to main content

Keshbek

iBox’da keshbek tizimi qanday ishlaydi​

iBox’dagi keshbek jamg‘ariluvchi tizim sifatida ishlaydi.
Mijozga sotuvdan so‘ng, unga alohida keshbek-balansga keshbek hisoblanadi.

Keshbekni faqat sotuv jarayonida ishlatish mumkin.


Keshbek dasturini yoqish​

  1. Yon panel pastidan Sozlamalarni bosing.
  2. Sozlamalarda Keshbek bo‘limiga o‘ting.
  3. Keshbek dasturini yoqish belgisini qo‘ying.
  4. Barcha mahsulotlar uchun keshbek foizi.
  5. Saqlash tugmasini bosing.

Keshbekni yozish va foydalanish​

Keshbekni yozish​

Sotuvni yaratish vaqtida mahsulotlar ro‘yxati ostida
Keshbek yozish opsiyasi mavjud bo‘ladi.

Agar tizimda keshbek yoqilgan bo‘lsa, u avtomatik faol bo‘ladi.

Agar ushbu sotuv uchun keshbek bermoqchi bo‘lmasangiz — opsiyani o‘chirib qo‘ying.

Muhim:

Mijoz keshbekdan faqat qarz to‘liq to‘langandan keyin foydalanishi mumkin.


Keshbekdan foydalanish​

Sotuv vaqtida keshbek ishlatish uchun:

  1. Mahsulotlar ro‘yxati ostidan Keshbekdan foydalanish tugmasini bosing.
  2. Ishlatmoqchi bo‘lgan keshbek summasini kiriting.
  3. Saqlash tugmasini bosing.

Keshbek ustuvorligi (prioriteti)​

Keshbek foizlarini alohida belgilash mumkin:

  • muayyan mahsulotlar uchun;
  • muayyan mijozlar uchun;
  • butun tizim bo‘yicha (umumiy foiz).

Keshbek foizlari qo‘shilmaydi. Quyidagi tartibda ishlaydi:

  1. Mahsulot bo‘yicha keshbek
  2. Mijoz bo‘yicha keshbek
  3. Tizim bo‘yicha keshbek

Misol:

  • Tizim bo‘yicha — 1%
  • Mijoz uchun — 5%
  • Mahsulot uchun — 3%

Bu holatda 3% keshbek qo‘llanadi (mahsulot bo‘yicha).
Agar mahsulot keshbeki olib tashlansa — 5% ishlaydi (mijoz bo‘yicha).
Agar boshqa sozlama bo‘lmasa — 1% tizim bo‘yicha qo‘llanadi.