Skip to main content

Menedjerlar uchun Telegram-bot

Telegram-bot nima uchun kerak

Ushbu bot orqali xodimlar Telegram guruhi ichida quyidagi holatlar bo‘yicha xabarnomalar oladi:

  • yangi hujjatlar yaratilganda (buyurtma, sotuv, to‘lov);
  • hujjatlar tahrirlanganda;
  • hujjatlar o‘chirilganda;
  • mijozlar qarzini o‘z vaqtida to‘lamaganda.

Menedjerlar uchun Telegram-botni ulash

Avval Telegram’da bot yaratish kerak:

  1. Telegram ilovasida @BotFather ni toping.
  2. Mini-ilovani oching.
  3. Yangi bot yaratish tugmasini bosing.
  4. Ma’lumotlarni to‘ldiring:
    • bot nomi;
    • tavsif;
    • oxiri bot bilan tugaydigan username;
    • rasm qo‘shing.
  5. Yaratish tugmasini bosing.
  6. Bot tokenini nusxalab oling.

Endi iBox tizimida:

  1. Chap paneldan Sozlamalarni bosing.
  2. Sozlamalarda Telegram-bot bo‘limiga o‘ting.
  3. Menedjerlar uchun bot oynachasini oching.
  4. Nusxalangan tokenni Telegram bot tokeni maydoniga joylashtiring.
  5. Keyingi tugmasini bosing
    (shundan so‘ng yaratilgan botni xodimlar Telegram guruhiga qo‘shing).
  6. Xodimlar qaysi xabarnoma olishini tanlang:
    • kerakli xabarnoma turini oching;
    • Yoqish tugmasini bosing;
    • qo‘shimcha maydonlarni sozlang;
    • xabar yuboriladigan guruhlarni tanlang
      (zarurat bo‘lsa shartlar qo‘shing).
  7. Saqlash tugmasini bosing.