Chop etish shablonlari
iBox tizimida yuk hujjatlari (nakladnoy) uchun o‘zingizga mos chop etish shablonlarini yaratish va ishlatish imkoniyati mavjud.
O‘z shabloningizni qanday qo‘shish mumkin
- Chap panelning pastki qismidan Sozlamalarni bosing.
- Sozlamalarda Chop etish shablonlari bo‘limiga o‘ting.
- Kerakli hujjat uchun tizim shablonini yuklab oling (yuklash belgisi orqali).
- Mos keladigan asosiy shablonni ham yuklab oling.
- Shablonni Excel’da sozlang:
- tizim shablonini tahrirlang;
- kerakli maydonlar va logotip qo‘shing;
- asosiy shablondagi tizim maydonlaridan foydalaning.
- Chop etish shablonlari bo‘limida + Shablonni yuklash tugmasini bosing.
- Shablon nomini kiriting.
- Nakladnoy joylashgan Excel faylni tanlang.
- Zarurat bo‘lsa, chop etish kengligini belgilang (standart — A4).
- Saqlash tugmasini bosing.
Asosiy shablonni tanlash
- Sozlamalar → Chop etish shablonlari bo‘limiga o‘ting.
- Kerakli shablon yonidagi uch nuqtani bosing.
- Asosiy qilib belgilash bandini tanlang.
Qo‘shimcha sozlamalarni o‘rnatish
- Sozlamalar → Chop etish shablonlari bo‘limiga o‘ting.
- Kerakli shablon yonidagi uch nuqtani bosing.
- Kerakli parametrlarni tanlang.
- Saqlash tugmasini bosing.
Qanday qo‘shimcha sozlamalar mavjud
Mahsulotlarni saralash
Nakladnoyda mahsulotlar qanday tartibda chiqishini belgilaydi:
- alifbo bo‘yicha;
- artikul bo‘yicha;
- kategoriyalar bo‘yicha;
- guruh bo‘yicha;
- brend bo‘yicha;
- omborlar bo‘yicha.
Bir xil mahsulotlarni birlashtirish
Agar hujjatda mahsulot bir necha marta uchrasa — ularni bitta qatorga jamlaydi.
Buyurtmalar uchun qo‘shimcha sozlamalar
- Faqat sotuv qilinmagan mahsulotlarni ko‘rsatish — jo‘natilgan pozitsiyalar chopda chiqmaydi.
Sotuvlar uchun qo‘shimcha sozlamalar
- Sotuvni ombor bo'yicha ajratish — har bir ombor uchun alohida nakladnoy chiqariladi.
- Sof miqdorni ko‘rsatish (qaytishlardan so‘ng) — qaytarilgan mahsulotlar chop etilmaydi.