Davrni yopish
Davrni yopish — bu hisob davrini yakunlash jarayoni bo‘lib, bunda xodimlar uchun hujjatlarni ko‘rish va tahrirlash imkoniyati cheklanadi.
Hujjatlar bo‘yicha davrni qanday yopish mumkin
Davrni yopish uchun:
- Yon panelning pastki qismidan Sozlamalarni bosing.
- Sozlamalarda Davrni yopish bo‘limiga o‘ting.
- Qaysi hujjatlar uchun davrni yopmoqchi ekaningizni tanlang.
- Ekranning yuqori qismida paydo bo‘lgan tugmani bosing.
- Yopish opsiyasini tanlang.
- Davrni yopish usulini tanlab, sanani kiriting:
- Joriy kundan nisbatan (masalan, 30 kun oldin);
- Aniq sana bo‘yicha (masalan, 2026-yil 1-yanvar).
- Saqlash tugmasini bosing.
Ma’lumot:
Yopilgan davrdagi hujjatlarni ko‘rish va tahrirlash faqat administrator va tegishli ruxsatga ega xodimlar uchun mavjud bo‘ladi.
Yopilgan davrda xodimlarga hujjatlar bilan ishlashga ruxsat berish
- Yon paneldan Sozlamalarni bosing.
- Pastga tushib, umumiy sozlamalardagi Rollar bo‘limiga o‘ting.
- Kerakli rol yonidagi ✏️ qalamcha belgisi orqali tahrirlashni oching.
- Kerakli hujjatlar uchun ko‘rish va tahrirlash huquqlarini yoqing.
- Ro‘yxatning o‘ng qismidagi Boshqalar bo‘limiga o‘ting.
- Quyidagi opsiyalarni yoqing:
- Yopilgan davrdagi hujjatlarni ko‘rishga ruxsat berish;
- Yopilgan davrdagi hujjatlarni o'zgartitishga ruxsat berish.
- Saqlash tugmasini bosing.
Ma’lumot:
Davr yopilgandan so‘ng mobil ilova va POS tizimi orqali hujjatlarni ko‘rish mavjud bo‘lmaydi.