Skip to main content

Mijoz buyurtmalarida qo‘shimcha statuslar

Bu funksiya buyurtma stutusini — buyurtma kelib tushgan paytdan boshlab tasdiqlanishi va sotishga tayyorlanishigacha kuzatish imkonini beradi.

Funksiya yoqilgandan so‘ng Sotuvlar → Buyurtmalar bo‘limida qo‘shimcha statuslar paydo bo‘ladi. Ular buyurtmalarni qayta ishlash jarayonini va savdo menejerlari ishini nazorat qilishga yordam beradi.


Qo‘shimcha statuslar qachon foydali

Qo‘shimcha statuslardan foydalanish quyidagilarga yordam beradi:

  • mijoz buyurtmalarini qayta ishlash jarayonini nazorat qilish
  • hali qayta ishlanmagan yangi buyurtmalarni kuzatish
  • tasdiqlanmagan va tasdiqlangan buyurtmalarni ajratish
  • savdo menejerlari ishini soddalashtirish
  • buyurtmalarni sotuvga tayyorlash

Bu ayniqsa kompaniya ko‘p buyurtma qabul qilganda foydali bo‘ladi — qaysi buyurtmalar allaqachon qayta ishlanganini va qaysilari hali tasdiqlanishini kutayotganini kuzatish osonlashadi.


Har bir status nimani anglatadi

Qoralama
Buyurtma bekor qilingan yoki yakunlanmagan.
Ushbu hujjat asosida sotuv yaratib bo‘lmaydi.

Kutilmoqda
Buyurtma qabul qilingan va qayta ishlanishi yoki tasdiqlanishi kutilmoqda.

Qabul qilingan
Buyurtma tasdiqlangan.
Ushbu buyurtma asosida sotuv yaratish mumkin.


Funksiyani qanday yoqish mumkin

  1. Chap panelda Sozlamalar bo‘limiga o‘ting.
  2. Sozlamalarda Korxona Sozlamalari bo‘limini oching.
  3. Funksional bo‘limiga o‘ting.
  4. Mijoz buyurtmalarida qo'shimcha statuslardan foydalanish parametrini toping va o‘ng tomondagi qalam belgisini bosing.
  5. Ha variantini tanlang.
  6. O‘zgarishlarni saqlash uchun ko‘k belgi (✓) tugmasini bosing.