Skip to main content

Qoldiqlar korrektirovkasi

Korrektirovka ombordagi ma’lumotlarni tartibga keltirish uchun ishlatiladi: yetishmayotgan mahsulotlarni qo‘shish, ortiqchalarini olib tashlash va miqdorlarni to‘g‘rilash.


Qachon qoldiqlar korrektirovkasi qilish kerak

Quyidagi holatlarda foydalaniladi:

  • o‘zingizning mahsulotlaringizni tizimga qo‘shganda
  • haqiqiy ombor qoldiqlari tizimdagi ma’lumotlarga mos kelmaganda
  • yaroqsiz yoki yo‘qolgan mahsulotlarni hisobdan chiqarishda
  • mahsulot shaxsiy ehtiyojlar uchun ishlatilganda
Muhim!

Mahsulot kirimini qoldiqlar korrektirovkasi orqali qilmang.
Buning uchun xarid dan foydalaning.

Xarid qilganda ta'minotchi bilan hisob-kitoblar shakllanadi,
korrektirovkada esa — yo‘q.


Korrektirovka qanday amalga oshiriladi

  1. Ombor modulida Qoldiqlar korrektirovkasi bo‘limiga o‘ting
  2. O‘ng yuqori burchakdagi plus tugmasini bosing
  3. Hujjat valyutasini tanlang
  4. Korrektirovka kiritiladigan omborni belgilang
  5. Mahsulotlarni qo‘shing:
    • mahsulot tanlash orqali
    • yoki Excel fayldan yuklash orqali
  6. Miqdorni kiriting
    (agar kamaytirish kerak bo‘lsa, minus belgisi bilan yozing, masalan: -5)
  7. Musbat korrektirovka uchun kirim narxini kiriting
  8. Saqlash tugmasini bosing
Ma’lumot

Manfiy korrektirovka qilingan mahsulotlarning tannarxi
FIFO (First In First Out) tamoyili bo‘yicha hisoblanadi.