Skip to main content

Mijozlarni boshqarish

iBox tizimida siz mijoz ma’lumotlarini tahrirlashingiz, o‘zaro hisob-kitoblarni tekshirishingiz, qarzdorlarni nazorat qilishingiz va hisobotlarni yuklab olishingiz mumkin.


Mijozni tahrirlash​

Agar mijoz yaratilganda xatolarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa yoki uning ma’lumotlari o‘zgargan bo‘lsa, ularni tahrirlashingiz mumkin.

  1. Mijozlar bo‘limiga o‘ting.
  2. Kerakli mijoz joylashgan qatordagi o‘ng tomonga kursorni olib boring.
  3. ✏️ Qalam ikonkasini bosing.
  4. Kerakli o‘zgartirishlarni kiriting.
  5. Saqlash tugmasini bosing.

Mijoz bilan oldi-berdi hisobot​

Oldi-berdi hisobotni ko‘rish uchun:

  1. Mijozlar bo‘limiga o‘ting.
  2. Kerakli mijoz nomi ustiga bosing.
  3. Mijoz kartochkasi ochiladi.
  4. Ekranning chap qismida Oldi-berdi hisoboti bo‘limini tanlang.
Ma’lumot

Oldi-berdi hisobot har bir valyuta bo‘yicha alohida shakllantiriladi.

Oynaning yuqori o‘ng qismida quyidagi amallar mavjud:

  • Agar mijoz ulangan bo‘lsa, oldi-berdi hisobotni Telegram-bot orqali yuborish.
  • Oldi-berdi hisobotni Excel yoki PDF formatida yuklab olish.
  • Hisobot ko‘rinishini sozlash (hujjatlar, mahsulotlar yoki sana bo‘yicha).

Qarzdorlar va to‘lov muddati​

Qarzdorlar ro‘yxatini ko‘rish uchun:

  1. Mijozlar modulidagi Qarzdorlar bo‘limiga o‘ting.

To‘lov muddatini belgilash uchun:

  1. Kerakli mijoz yonidagi ⏰ soat ikonkasini bosing.
  2. To‘lov muddatini tanlang.
  3. Saqlash tugmasini bosing.
Ma’lumot

Qarzdorlar bo‘limida siz qo‘shimcha ravishda:

  • Qarzdorlardan to‘lovlarni qabul qilishingiz,
  • Agar mijoz ulangan bo‘lsa, Telegram-bot orqali qarzdorlik haqida xabar yuborishingiz mumkin.

Mijozlar ro‘yxatini yuklab olish​

Mijozlar ro‘yxatini yuklab olish uchun:

  1. Mijozlar bo‘limiga o‘ting.
  2. O‘ng tomondagi ⚙️ sozlamalar ikonkasini bosing va maydonlarni tanlang:
    • keraklilarini yoqing,
    • ortiqchalarini o‘chiring,
    • Saqlash tugmasini bosing.
  3. Yuqori o‘ng burchakda uch nuqta belgisini bosing.
  4. Excel’ga yuklab olish yoki PDF’ga yuklab olish ni tanlang.

Fayl tanlangan maydonlar asosida yuklab olinadi.