Balansni korektirovkalari
Balans tuzatishlari tizimdagi ma’lumotlarni real holatga moslashtirishga yordam beradi.
Kassa balansi korektirovkalari
Kassa balansiga oid hujjatlar ro‘yxatini ko‘rish uchun:
- Pul → Balans korektirovkalari bo‘limiga o‘ting
- Kassa balansi korektirovkalari yorlig‘ini oching
Qachon kassa balansini korektirovka qilish kerak
- Tizim ishga tushirilganda kassalardagi boshlang‘ich qoldiqni kiritishda
- Buxgalteriya bilan solishtirishda haqiqiy qoldiqni moslashtirish uchun
Kassa balansini qanday korektirovka qilish
- Pul → Balans korektirovkalari bo‘limiga o‘ting
- O‘ng yuqori burchakdagi + tugmasini bosing
- Kassa balansi korektirovkalari variantini tanlang
- Quyidagilarni kiriting:
- kassa
- korektirovka summasi
- valyuta
- Saqlash tugmasini bosing
Maslahat:
Summani kiritishda kalkulyator belgisi ustiga bosing va korektirovkadam keyin kassa balansi nechiga teng bo‘lishi kerakligini yozing — tizim avtomatik tarzda farqni hisoblab beradi.
Kontragent balanslari korektirovkalari
Kontragent balansiga oid hujjatlarni ko‘rish uchun:
- Pul → Balans korektirovkalari bo‘limiga o‘ting
- Kontragent balanslari korektirovkalari yorlig‘ini oching
Qachon kontragent balanslarini korektirovka qilish kerak
- Tizimga kontragentlarning boshlang‘ich qarz yoki qoldiqlarini kiritishda
- Haqiqiy balans bilan tizimdagi ma’lumotlar mos kelmaganda
- Kontragent qarzini hisobdan chiqarishda
Muhim:
Kontragentlardan to‘lov qabul qilish yoki ularga to‘lov qilish uchun balans korektirovkalaridan foydalanmang — bu noto‘g‘ri hisob-kitoblarga olib kelishi mumkin.
Kontragent balanslarini qanday korektirovka qilish
- Pul → Balans korektirovkalari bo‘limiga o‘ting
- + tugmasini bosing
- Kontragent balansi variantini tanlang (zarurat bo‘lsa bir nechta tanlash mumkin)
- Quyidagilarni kiriting:
- kontragent
- korekrirovka summasi
- valyuta
- Saqlash tugmasini bosing