Skip to main content

Xodimlarga ish haqi to‘lash

Xodimlarga ish haqi to‘lash ikki bosqichdan iborat:

  1. ish haqini yozish;
  2. ish haqini berish.

Ish haqlari yozish

Ish haqlari yozish orqali xodim qancha pul olishi kerakligini tizimda qayd etasiz.

  1. Pul → Ish haqlari yozish bo‘limiga o‘ting

  2. O‘ng yuqori burchakda + Ish haqlari yozish tugmasini bosing — forma ochiladi

  3. Quyidagilarni tanlang:

    • hujjat valyutasi
    • hisoblash davri
    • xodim (bitta yoki bir nechta)

    Agar ish haqi miqdori xodim profilida ko‘rsatilgan bo‘lsa, summa avtomatik ravishda Oklad ustunida chiqadi

  4. Strelka orqali okladni qo‘llang yoki summani qo‘lda kiriting

  5. Saqlash tugmasini bosing


Ish haqi berish

Ish haqini berish — bu xodimga haqatan pul berilganini bildiradi.

To‘lovni rasmiylashtirish uchun:

  1. Pul → Chiqimlar bo‘limiga o‘ting
  2. + Chiqim tugmasini bosing
  3. Xodimga ish haqi berish variantini tanlang
  4. Xodimni tanlang
  5. Quyidagilarni kiriting:
    • summa
    • valyuta
    • kassa
  6. Saqlash tugmasini bosing

Muhim

Ish haqini to‘g‘ri hisoblash va to‘lash uchun ikkala bosqich ham bajarilishi kerak:

  • Faqat yoib, lekin bermasangiz — siz xodimga qarzdor bo‘lasiz
  • Faqat berib, lekin yozmasangiz — xodim sizga qarzdor bo‘lib qoladi