Mahsulotlarni boshqarish: tahrirlash, qoldiqlar va harakatlar
iBox tizimida siz istalgan vaqtda mahsulotni tahrirlashingiz, uning qoldiqlarini tekshirishingiz va barcha harakatlar tarixini ko‘rishingiz mumkin. Bu ma’lumotlarda tartibni saqlashga va omborni nazorat qilishga yordam beradi.
Mahsulotni tahrirlash
Agar mahsulot yaratilganda xatolarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa yoki ma’lumotlar o‘zgargan bo‘lsa, ularni osonlik bilan tuzatishingiz mumkin.
- Mahsulotlar bo‘limiga o‘ting.
- Kerakli mahsulot joylashgan qatordagi o‘ng tomonga sichqoncha kursorini olib boring.
- ✏️ Qalam ikonkasini bosing.
- Kerakli o‘zgartirishlarni kiriting.
- Saqlash tugmasini bosing.
Mahsulot qoldiqlarini ko‘rish
Mahsulotlar ro‘yxatida umumiy qoldiq ko‘rsatiladi.
Har bir ombor bo‘yicha batafsil qoldiqlarni ko‘rish uchun:
- Mahsulotlar bo‘limida kerakli mahsulotni toping.
- Mahsulot nomi ustiga bosing.
- Mahsulot haqqida ma'lumot ochiladi — unda umumiy ma’lumotlar va omborlar bo‘yicha qoldiqlar ko‘rsatiladi.
Barcha mahsulotlar va omborlar bo‘yicha batafsil qoldiqlar
Hisobotlar → Omborlar bo‘yicha qoldiqlar bo‘limida mavjud.
Mahsulot harakati
Mahsulot harakati barcha amallarni ko‘rsatadi: xaridlar, sotuvlar, ko‘chirishlar va korektirovkalar.
Mahsulot harakatini ko‘rish uchun:
- Mahsulotlar bo‘limida kerakli mahsulotni tanlang.
- Uning nomi ustiga bosing.
- Mahsulot haqqida ma'lumot chap qismida Mahsulot harakati bo‘limini tanlang.
Mahsulotlar ro‘yxatini Excel’ga eksport qilish
Siz tahlil yoki hisobotlar uchun mahsulotlar ro‘yxatini yuklab olishingiz mumkin.
- Mahsulotlar bo‘limiga o‘ting.
- O‘ng tomondagi ⚙️ sozlamalar ikonkasini bosing va maydonlarni sozlang:
- keraklilarini yoqing,
- ortiqchalarini o‘chiring,
- Saqlash tugmasini bosing.
- Yuqori o‘ng burchakda uch nuqta belgisini bosing.
- Excel’ga yuklab olish ni tanlang.
Fayl tanlangan maydonlar asosida yuklab olinadi.