Mahsulotlarni o‘chirish va faolsizlantirish
iBox tizimida mahsulotni ish jarayonidan chiqarishning aosiy ikki yo‘li mavjud: uni o‘chirish yoki faolligini o'chirish.
Qaysi variantni tanlash mahsulotda amallar tarixi mavjud yoki yo‘qligiga bog‘liq.
Mahsulotni qanday o‘chirish mumkin
Mahsulotni o‘chirish faqat u xato bilan yaratilgan holatlarda qo‘llaniladi.
Agar mahsulotda allaqachon harakat mavjud bo‘lsa (xaridlar, sotuvlar, ko‘chirishlar), tizim uni o‘chirishga ruxsat bermaydi. Harakatlarni o'chirish hisobotlarda xatolarga olib kelishi mumkin.
Mahsulotni o‘chirish uchun:
- Mahsulotlar bo‘limiga o‘ting.
- Kerakli mahsulot joylashgan qatordagi o‘ng tomonga kursorni olib boring.
- 🗑 Savat ikonkasini bosing.
- O‘chirishni tasdiqlang.
Mahsulotni qanday faolsizlantirish mumkin
Agar mahsulotda tarix mavjud bo‘lsa, lekin siz u bilan endi ishlamasangiz, uni faolsizlantirishingiz mumkin.
Bunday mahsulot ishchi ro‘yxatlardan yo‘qoladi, ammo hisobotlarda saqlanib qoladi.
Mahsulotni faolligini o'chirish uchun:
- Mahsulotlar bo‘limiga o‘ting.
- Bitta yoki bir nechta mahsulotni tanlang.
- Ekranning yuqori qismidagi uch nuqta tugmasini bosing.
- Faollikni o'chirish opsiyasini tanlang.
Agar mahsulotni faqat bitta korxonada yashirib, boshqa korxonalarda ishlatishda davom etmoqchi bo‘lsangiz, mahsulot korxonalarini administrator paneli orqali sozlang.
Qaysi variantni tanlash kerak
| Vaziyat | Amal |
|---|---|
| Mahsulot xato bilan yaratilgan | Mahsulotni o‘chirish |
| Mahsulot bir korxonada ishlatilmaydi, lekin boshqalarida ishlatiladi | Mahsulot korxonalarini sozlash |
| Mahsulot endi ishlatilmaydi, lekin unda harakatlar mavjud | Mahsulotni faolligini o'chirish |