Skip to main content

5-qism. Hisobotlar bilan ishlash

Biznes holatini tez baholash: Bosh panel

Bosh panel — bu iBox’ning asosiy paneli. Unda biznesning muhim ko‘rsatkichlari raqamlar va grafik ko‘rinishida jamlangan. Bosh panel bir necha daqiqa ichida joriy holatni tushunishga va tezkor qarorlar qabul qilishga yordam beradi.

Bosh panelni ochish uchun ekranning yuqori chap burchagida Bosh panel tugmasini bosing.

Bosh panel

Bosh panel nimalarni ko‘rsatadi

  • Sotuvlar
    Bugun va kecha mijozlarga qancha mahsulot va qaysi summada sotilgani.

  • Pul kirimlari
    Bugun va kecha mijozlardan qancha pul kelib tushgani.

  • Qarzdorlar va kreditorlar
    Kontragentlar sizga qancha qarzdor va siz kontragentlarga qancha qarzdorsiz.

  • Eng ko'p sotilgan mahsulotlar
    Sotuv yetakchilari bo‘lgan mahsulotlar. Xaridlarni va aksiyalarni rejalashtirishga yordam beradi.

  • Kassadagi pullar
    Barcha kassalar va hisoblar bo‘yicha joriy balanslar.

  • Sotuv va mijoz to'lovlari
    Sotuvlar va to‘lovlarni solishtiruvchi grafik. Mahsulotlarning qaysi qismi qarzga sotilayotganini tushunishga yordam beradi.


Ishni boshlash uchun eng muhim hisobotlar

Hisobotlar tanlangan davrda biznesda nimalar bo‘layotganini ko‘rsatadi. Tizim ma’lumotlarni avtomatik yig‘adi va ularni qulay ko‘rinishda aks ettiradi.

Hisobotlarni ochish uchun chap tomondagi modullar ro‘yxatini pastga aylantiring va Hisobotlar bo‘limini tanlang.


Sotuvlar

Sotuvlar bo‘yicha hisobotlar nima va qanday sotilayotganini tushunishga yordam beradi.

  • Mahsulotlar bo‘yicha sotuv
    Eng ko‘p sotilayotgan mahsulotlar va asosiy daromad manbalarini ko‘rsatadi.

  • Mijozlardan qaytgan mahsulotlar
    Mijozlar eng ko‘p qaytaradigan mahsulotlarni aks ettiradi.

  • Sotuvlar
    Tanlangan davr bo‘yicha barcha sotuvlar haqidagi batafsil ma’lumot.

  • Mahsulotlar bo'yicha foyda
    Marja, foyda ulushi va eng foydali pozitsiyalarni ko‘rsatadi.


Ombor

Ombor bo‘yicha hisobotlar qoldiqlar va mahsulotlar qiymatini nazorat qilishga yordam beradi.

  • Omborlar bo‘yicha qoldiqlar
    Qaysi mahsulotdan qancha qolganini va qaysi omborda ekanini ko‘rsatadi.

  • Ombor tahlili
    Jami va o‘rtacha tannarxni, shuningdek qoldiqlarni sotishdan kutilayotgan daromadni ko‘rsatadi.


Xaridlar

Xaridlar bo‘yicha hisobotlar ta'minotchilar bilan ishlashni nazorat qilishga yordam beradi.

  • Xaridlar
    Tanlangan davr bo‘yicha barcha xaridlar haqida batafsil hisobot.

  • Ta'minotchilarga qaytarilgan mahsulotlar
    Ta'minotchilarga qaytarilgan mahsulotlar haqidagi ma’lumot.


Moliyaviy hisobotlar

Moliyaviy hisobotlar pul harakati va biznesning umumiy holatini ko‘rsatadi.

  • Kassa aylanmalari
    Kun, hafta yoki oy davomida qancha pul kirib-chiqqani.

  • Kontragentlar bilan oldi-berdi hisoboti
    Mijozlar va ta'minotchilar balanslari. Kim sizga qarzdor va kimga qarzdor ekaningizni ko‘rsatadi.

  • Sof aylanma kapital
    Aylanma aktivlar va qisqa muddatli majburiyatlar o‘rtasidagi farq. Biznesning moliyaviy barqarorligini baholashga yordam beradi.

  • Foyda va zarar
    Tanlangan davr bo‘yicha daromadlar, xarajatlar va sof foyda yoki zarar.


Maslahat

Bosh panel va hisobotlarni muntazam ko‘rib boring. Bu muammolarni o‘z vaqtida aniqlashga, pullarni nazorat qilishga va asosli boshqaruv qarorlarini qabul qilishga yordam beradi.