Skip to main content

2-qism. Mahsulotlar, narxlar va qoldiqlar

Ushbu bo‘limda siz quyidagilarni o‘rganasiz:

  • Mahsulotlarni qo‘shish
  • Prays-listlar yaratish
  • Omborlardagi boshlang‘ich qoldiqlarni kiritish

O‘lchov birliklari​

Avval mahsulotlarni hisobga olish va sotish uchun foydalaniladigan o‘lchov birliklarini qo‘shing.

  1. Sozlamalar bo‘limiga o‘ting.
  2. Umumiy sozlamalar ichidan O‘lchov birliklari bo‘limini oching.
  3. Yuqori o‘ng burchakdagi plus tugmasini bosing.
  4. Quyidagilarni kiriting:
    • Nomi
    • Qisqa nomi (3ta belgi gacha)
iBox’da o‘lchov birliklarini qo‘shish
  1. Saqlash tugmasini bosing.

Mahsulot kategoriyalari​

Kategoriyalar mahsulotlar bo‘yicha qulay saralash va hisobotlarni guruhlar kesimida tahlil qilish uchun kerak.

  1. Umumiy sozlamalar bo‘limida Mahsulot kategoriyalarini oching.
  2. Yuqori o‘ng burchakdagi plus tugmasini bosing.
  3. Kategoriya nomini kiriting.
  4. Tartiblash sonini belgilang — qiymat qanchalik katta bo‘lsa, kategoriya ro‘yxatda shunchalik yuqorida ko‘rinadi.
iBox’da kategoriyalar yaratish
  1. Saqlash tugmasini bosing.
Maslahat

Batafsilroq hisobotlar uchun umumiy sozlamalarda brendlar va mahsulot guruhlarini qo‘shing.


Mahsulotlarni qo‘shish​

Mahsulotlarni Excel’dan yuklash​

Agar sizda mahsulotlar ro‘yxati allaqachon mavjud bo‘lsa, uni tizimga yuklashingiz mumkin.

  1. Excel faylini tayyorlang.

Majburiy ustunlar:

  • Mahsulot nomi
  • Saqlash birligi

Ixtiyoriy ustunlar:

  • Mahsulot kategoriyasi
  • Boshlang‘ich qoldiq (har bir ombor bo‘yicha alohida)
  • Boshlang‘ich qoldiqning kirim narxi (asosiy valyutada)
Maslahat

Mahsulotlarning haqiqiy tannarxini kiriting — bu foyda bo‘yicha hisobotlar to‘g‘ri ishlashi uchun muhim.

Excel da mahsulotlar ro'yhati
  1. Mahsulotlar bo‘limiga o‘ting.
  2. Yuqori o‘ng burchakdagi uch nuqta belgisi ustiga bosing.
  3. Exceldan yuklash bandini tanlang.
iBox’da mahsulotlar importini boshlash
  1. Faylni yuklash oynasiga tortib keling yoki kompyuterdan tanlang.
  2. Fayldagi ustunlarni tizim maydonlari bilan moslang.
iBox’da mahsulotlarni import qilish
  1. Yuklashni boshlash tugmasini bosing.

Mahsulotlarni qo‘lda qo‘shish​

  1. Mahsulotlar bo‘limiga o‘ting va o‘ng yuqori burchakdagi plyus tugmasini bosing.

  2. Asosiy ma’lumotlarni kiriting:

    • Mahsulot nomi
    • Saqlash birligi
  3. Boshlang‘ich qoldiq yorlig‘ida har bir ombor uchun qoldiqni kiriting:

    • Ombor
    • Miqdor
    • Narx
    • Sana
  4. Boshqalar yorlig‘ida kerak bo‘lsa quyidagilarni kiriting:

    • Brend
    • Mahsulot guruhi
  5. Saqlash tugmasini bosing.

Maslahat

Minimal qoldiq miqdorini belgilang — bu omborda mahsulotlar yetishmasligini o‘z vaqtida ko‘rishga yordam beradi.


Prays-listlar​

Prays-listlar turli narxlar bilan ishlash imkonini beradi — masalan, turli mijozlar yoki savdo turlari uchun.

Prays-list yaratish​

  1. Mahsulotlar → Prays listlar bo‘limiga o‘ting.
  2. Yuqori o‘ng burchakdagi plus tugmasini bosing.
  3. Prays-list nomini kiriting.
  4. Qo‘llanish sohasini tanlang:
    • Sotuvlarda
    • Xaridlarda
  5. Mahsulot narxlarini kiriting va valyutani tanlang.
iBox’da prays-list yaratish
  1. Saqlash tugmasini bosing.