Skip to main content

3-qism. Mijozlar, ta'minotchilar va balanslar

Ushbu bo‘limda siz kontragentlarni qo‘shasiz va boshlang‘ich moliyaviy ma’lumotlarni kiritasiz.

Mijozlar va ta'minotchilar

Kontragentlar — bu siz ishlaydigan mijozlar va ta'minotchilardir.

Mijozlar va ta'minotchilar Excel’dan yuklash

  1. Quyidagi maydonlarga ega Excel faylini tayyorlang:
    • Kontragent nomi
    • Telefon raqami
    • Balans
Excel da Mijozlar ro'yhati
  1. Mijozlar bo‘limiga o‘ting.
  2. Yuqori o‘ng burchakdagi uch nuqta belgisi ustiga bosing.
  3. Exceldan yuklash bandini tanlang.
Mijozlar yuklashni boshlash
  1. Faylni yuklang.
  2. Ustunlarni tizim maydonlari bilan moslang.
Mijozlarni yuklash
  1. Yuklashni boshlash tugmasini bosing.
Ma’lumot

Ta'minotchilarni yuklash uchun Excel fayliga ta'minotchi ustunini qo‘shing va kerakli kontragentlar uchun 1 qiymatini belgilang.

Ta'minotchilarni yuklash

Mijozlarni qo‘lda qo‘shish

  1. Mijozlar bo‘limiga o‘ting.
  2. Yuqori o‘ng burchakdagi plus tugmasini bosing.
  3. Quyidagilarni kiriting:
    • Nomi
    • Telefon raqami
Mijozlarni qo'lda kiritish
  1. Saqlash tugmasini bosing.

Ta'minotchilarni qo‘lda qo‘shish

  1. Ta'minotchilar bo‘limiga o‘ting.
  2. Yuqori o‘ng burchakdagi plus tugmasini bosing.
  3. Quyidagilarni kiriting:
    • Nomi
    • Telefon raqami
Ta'minotchilarni qo'lda kiritish
  1. Saqlash tugmasini bosing.

Boshlang‘ich balanslar

Moliyaviy hisobni to‘g‘ri yuritish uchun pul va qarzlar bo‘yicha boshlang‘ich qoldiqlarni kiriting.

Kassalar balansini kiritish

  1. PulBalans korektirovkalari bo‘limiga o‘ting.
  2. Yuqori o‘ng burchakdagi plus tugmasini bosing.
  3. Kassa balansi korektirovkalari bandini tanlang.
Kassadagi boshlang'ich balans
  1. Kassani tanlang.
  2. Summani va valyutani kiriting.
Kassadagi boshlang'ich balans
  1. Saqlash tugmasini bosing.

Kontragentlar balansini kiritish

Agar tizim ishga tushirilayotgan vaqtda qarzlar mavjud bo‘lsa, ushbu tuzatishdan foydalaning.

  1. PullarBalans korektirovkalari bo‘limiga o‘ting.
  2. Plus tugmasini bosing va Kontragent balansini tanlang.
Kontragent boshlang'ichi balansi
  1. Quyidagilarni ko‘rsating:
    • Kontragent
    • Valyuta va summa
      • Manfiy summa — kontragent sizga qarzdor
      • Musbat summa — siz kontragentga qarzdorsiz
    • Izoh — masalan, Boshlang‘ich qarz
Kontragent boshlang'ichi balansi
  1. Saqlash tugmasini bosing.

Kontragent balansi barcha moliyaviy hisobotlarda hisobga olinadi.

Ogohlantirish

To‘lov qabul qilish uchun balans korektirovkalaridan foydalanmang — bu hisob-kitoblarda xatolarga olib kelishi mumkin. Ushbu moduldan faqat boshlang‘ich balansni kiritish va hisoblarni tuzatish uchun foydalaning.