Skip to main content

Mahsulot aylanmalari

Mahsulot aylanmalari hisoboti tanlangan davr uchun mahsulotlar harakatini ko‘rsatadi.

Hisobotda quyidagilar aks etadi:

  • Davr boshidagi qoldiq
  • Davr davomida kirim
  • Davr davomida chiqimlar
  • Yakuniy qoldiq

Hisobotdan quyidagilar uchun foydalanish mumkin:

  • Mahsulotlar harakatini nazorat qilish
  • Kirim va chiqim hajmini tahlil qilish
  • Ombor qoldiqlarining to‘g‘riligini tekshirish

Hisobotni qanday ochish mumkin​

  1. Chap panelda Hisobotlar bo‘limini oching.
  2. Ombor hisobotlari ustunida Mahsulot aylanmalari ni tanlang.

Tanlangan davr bo‘yicha ma’lumotlar bilan hisobot sahifasi ochiladi.

Mavjud ustunlar​

Hisobotda quyidagi ustunlar ko‘rsatilishi mumkin:

  • Mahsulot nomi — mahsulot nomi
  • Oxirgi xarid narxi — oxirgi qayd etilgan kirim narxi
  • Dastlabgi qoldiq — davr boshidagi mahsulot miqdori
  • Kirim — kirim qilingan mahsulot miqdori
  • Chiqim — chiqib ketgan mahsulot miqdori
  • Yakuniy qoldiq — davr oxiridagi mahsulot miqdori
  • Artikul — mahsulot kodi
Maslahat

Tanlangan davrda operatsiyalari bo‘lmagan mahsulotlarni yashirish uchun Faqat harakat bor mahsulotlar belgisini yoqing.