Skip to main content

Ombor korektirovkasi

Ombor korektirovkasi hisoboti ombordagi mahsulot qoldiqlaridagi barcha korektirovkalarni ko‘rsatadi.
Hisobotda har bir korektirovka alohida ko‘rsatiladi — mahsulot bo‘yicha batafsil ma’lumotlar bilan.

Hisobot quyidagilarga yordam beradi:

  • Ombor qoldiqlaridagi korektirovkalarni nazorat qilish
  • Chiqim va kirim korektirovkalarining to‘g‘riligini tekshirish
  • korektirovkalarning tannarx va mahsulot bahosiga ta’sirini tahlil qilish

Hisobotni qanday ochish mumkin​

  1. Chap panelda Hisobotlar bo‘limini oching
  2. Ombor hisobotlari ustunida Ombor korektirovkasi ni tanlang

Har bir mahsulot bo‘yicha ma’lumotlarni ko‘rish imkoniyati bilan barcha korektirovkalar ro‘yxati ochiladi.

Hisobot ustulari​

Hisobotda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

  • Mahsulot — qoldiq korektirovka amalga oshirilgan mahsulot nomi
  • Sana — korektirovka hujjati yaratilgan sana
  • Raqam — korektirovka hujjati raqami
  • Miqdor — qoldiq o‘zgartirilgan mahsulot miqdori
  • Birlik tannarxi — mahsulotning bir birlik tannarxi
  • Korektirovka summasi — tannarx bo‘yicha umumiy o‘zgarish summasi
  • Baholangan summa — tanlangan prays list bo‘yicha mahsulot qiymati

Hisobotdagi ma’lumotlar qoldiqlardagi haqiqiy o'zgarishlarni ularning moliyaviy bahosi bilan solishtirish imkonini beradi.