Skip to main content

Ombordan omborga ko'chirishlar

Ombordan omborga ko'chirishlar hisoboti omborlar o‘rtasidagi barcha ko'chirishlar ro‘yxatini har bir mahsulot bo‘yicha batafsil ko‘rsatadi.

Hisobotdan quyidagi maqsadlarda foydalanishingiz mumkin:

  • Mahsulotlarning ichki harakatini nazorat qilish
  • Har bir ko‘chirish bo‘yicha miqdorni tekshirish
  • Ombordan omborga ko'chirishlarni tahlil qilish

Hisobotni qanday ochish mumkin​

  1. Chap panelda Hisobotlar bo‘limini oching.
  2. Ombor bo‘yicha hisobotlar ustunida Ombordan omborga ko'chirishlar ni tanlang.

Tanlangan davr bo‘yicha ma’lumotlar bilan hisobot sahifasi ochiladi.

Mavjud ustunlar​

Hisobotda quyidagi ustunlarni ko‘rish mumkin:

  • Mahsulot — mahsulot nomi
  • Raqam — ko‘chirish hujjati raqami
  • Ko‘chirish sanasi — hujjat sanasi
  • Miqdor — ko‘chirilgan mahsulot miqdori
  • O'tkazmani baholash — tanlangan prays list bo‘yicha mahsulot qiymati
  • Jo'natuvchi ombor — qaysi ombordan
  • Qabul qiluvchi ombor — qaysi omborga