Skip to main content

Ta'minotchilarni boshqarish

Ta'minotchilarni tahrirlash​

Agar ta'minotchi yaratilganda xatolar bo‘lgan bo‘lsa yoki uning ma’lumotlari o‘zgargan bo‘lsa, ularni tahrirlashingiz mumkin.

  1. Ta'minotchilar bo‘limiga o‘ting.
  2. Kerakli ta'minotchi qatori o‘ng tomoniga kursorni olib boring.
  3. ✏️ qalamcha ikonkasini bosing.
  4. Kerakli o‘zgarishlarni kiriting.
  5. Saqlash tugmasini bosing.

Ta'minotchi bilan oldi-berdi hisoboti​

Oldi-berdi hisobotni ko‘rish uchun:

  1. Ta'minotchilar bo‘limiga o‘ting.
  2. Kerakli ta'minotchning nomini bosing.
  3. Ta'minotchi kartochkasi ochiladi.
  4. Ekranning chap qismida Oldi-berdi hisobot bo‘limini tanlang.
Ma’lumot

Oldi-berdi hisobot har bir valyuta bo‘yicha alohida shakllantiriladi.

Oynaning yuqori o‘ng qismida quyidagi amallar mavjud:

  • Oldi-berdi hisobotni ta'minotchiga Telegram-bot orqali yuborish (agar u ulangan bo‘lsa).
  • Oldi-berdi hisobotni Excel yoki PDF formatida yuklab olish.
  • Hisobot ko‘rinishini sozlash (hujjatlar, tovarlar yoki sana bo‘yicha).

Kreditorlar va to‘lov muddati​

Kreditorlar ro‘yxatini ko‘rish uchun:

  1. Ta'minotchilar modulida Kreditorlar bo‘limiga o‘ting.

To‘lov muddatini belgilash uchun:

  1. Kerakli ta'minotchi qatorining o‘ng tomonidagi soat ikonkasini bosing.
  2. To‘lov muddatini tanlang.
  3. Saqlash tugmasini bosing.
Ma’lumot

Kreditorlar bo‘limida siz ta'minotchilarga to‘lovlarni ham kiritishingiz mumkin.


Ta'minotchilar ro‘yxatini yuklab olish​

Ta'minotchilar ro‘yxatini yuklab olish uchun:

  1. Ta'minotchilar bo‘limiga o‘ting.
  2. O‘ng tomondagi ⚙️ sozlama ikonkasini bosing va maydonlarni tanlang:
    • keraklilarini yoqing,
    • ortiqchalarini o‘chiring,
    • Saqlash tugmasini bosing.
  3. Yuqori o‘ng burchakda uch nuqta tugmasini bosing.
  4. Excel yoki PDF formatida tuklab olishni tanlang.

Fayl tanlangan maydonlarni hisobga olgan holda yuklab olinadi.