Ta'minotchilarni o‘chirish va faolligini o'chirish
iBox tizimida ta'minotchini ro‘yxatlardan chiqarishning bir nechta usuli mavjud: uni o‘chirish, faolligini o'chirish yoki qora ro‘yxatga qo‘shish.
Ta'minotchini o‘chirish
O‘chirish faqat ta'minotchi xato bilan yaratilgan bo‘lsa qo‘llaniladi.
Agar ta'minotchi bilan bog‘liq oldi-berdi (xaridlar, to‘lovlar va hokazo) mavjud bo‘lsa, tizim uni o‘chirishga ruxsat bermaydi. Oldi-berdini tozalash hisobotlarda xatolarga olib kelishi mumkin.
Ta'minotchini o‘chirish uchun:
- Ta'minotchilar bo‘limiga o‘ting.
- Kerakli ta'minotchi qatori o‘ng tomoniga kursorni olib boring.
- 🗑 savat ikonkasini bosing.
- O‘chirishni tasdiqlang.
Ta'minotchini faolligini o'chirish
Agar ta'minotchihi bilan oldi-berdi mavjud bo‘lsa, lekin siz endi u bilan ishlamasangiz, uni faolligini o'chirishingiz mumkin.
Bunda ta'minotchi ishchi ro‘yxatlardan yo‘qoladi, ammo hisobotlarda saqlanib qoladi.
Ta'minotchini faolligini o'chirish uchun:
- Ta'minotchilar bo‘limiga o‘ting.
- Bitta yoki bir nechta ta'minotchini tanlang.
- Ekranning yuqori qismidagi uch nuqta tugmasini bosing.
- Faollikni o'chirish opsiyasini tanlang.
Agar ta'minotchini faqat bitta korxonadan olib tashlab, boshqalarida ishlatishda davom etmoqchi bo‘lsangiz, ta'minotchi korxonalarini administrator paneli orqali sozlang.
Qora ro‘yxat
Agar siz ta'minotchidan xaridlarni rasmiylashtirishni xohlamasangiz, ammo unga to‘lovlarni kiritish zarur bo‘lsa, uni qora ro‘yxatga qo‘shing:
- Ta'minotchilar bo‘limiga o‘ting.
- Tanlangan ta'minotchi qatori o‘ng tomoniga kursorni olib boring.
- ✏️ qalamcha ikonkasini bosing (tahrirlash).
- Boshqalar yorlig‘ini oching.
- Qora ro‘yxatda belgisini yoqing.
Qaysi birini tanlash kerak
| Vaziyat | Amal |
|---|---|
| Ta'minotchi xato bilan yaratilgan | Ta'minotchini o‘chirish |
| Bitta korxonada ishlamaysiz, lekin boshqalarida foydalanasiz | Ta'minotchi korxonalarini sozlash |
| Ta'minotchi bilan ishlamaysiz, ammo tarix mavjud | Ta'minotchini faolligini o'chirish |
| Xarid qilmoqchi emassiz, ammo to‘lov kiritish kerak | Qora ro‘yxat |